15:02 / 14.05.2017
19840

RF mudofaa vazirligi KXDR raketasi Rossiya chegarasidan qancha uzoqlikda qulaganini aytib o‘tdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyaning raketa hujumidan ogohlantirish tizimi KXDR tomonidan uchirilgan raketani toki u Rossiya chegarasidan 500 km uzoqlikda qulab tushgunga qadar kuzatib turgan, deya xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi

Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 5:28 da (Moskva vaqti bilan shanba kuni soat 23:28 da) Shimoliy Koreya o‘zining g‘arbiy sohilidagi Pyongan-pukto provinsiyasi Kuson tumanidan raketa uchirgan. Raketa 30 daqiqa parvoz qilgan uning parvozi masofasi 800 kilometrni tashkil etgan.

AQSh ma'muriyati bayonotida aytilishicha, raketada AQSh chegaralari yaqinida “Yaponiyadan ko‘ra Rossiyaga yaqinroq hudud”da qulagan. Pentagonning ma'lumotlariga ko‘ra, gap qit'alararo ballistik raketasi parvozi haqida bormayapti.

“Ballistik raketa raketa hujumidan ogohlantirish tizimi tomonidan parvozining 23 daqiqasi mobaynida toki u Yapon dengizining markaziy qismi, Rossiya chegaralaridan 500 km narida qulaganga qadar kuzatilib turildi”, — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.

Bu raketa uchirilishi Rossiya uchun hech qanday xavf tug‘dirmagan, deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

Idoraning ma'lumotlariga ko‘ra, parvoz trayektoriyasi Rossiya chegaralari yo‘nalishida davom etgan bo‘lsa-da, sezilarli uzoqlikda davom etgan.

Mavzuga oid
Top