13:59 / 14.05.2017
4657

Sanches "Arsenal"dagi 50-golini kiritdi

"Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches APLning 37-turida "Stok Siti"ga qarshi o‘yinda gol va golli uzatma muallifiga aylandi. 

Shu tariqa, joriy mavsum Sanches hisobida 21ta gol va 11ta golli uzatma bo‘ldi va futbolchi 2016/17 yilgi mavsumda bu ko‘rsatkichlar borasida "10+" natijaga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi. 

Bundan tashqari, "Stok Siti" darvozasiga kiritilgan gol Sanches uchun APLdagi 50-gol bo‘ldi. Bu natijaga erishish uchun hujumchi 101ta o‘yin o‘tkazdi. 

Top