15:57 / 14.05.2017
37096

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

Foto: Anadolu

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy poytaxti Pekinda o‘tayotgan xalqaro hamkorlik bo‘yicha «Bir makon, bir yo‘l» strategiyasi doirasidagi oliy darajadagi forum doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ikki siyosatchi uchrashuvi Four Seasons mehmonxonasida matbuot uchun yopiq sharoitda o‘tkazilgan va bir soatga yaqin davom etgan.

Uchrashuv davomida 2016 yil 18 noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, to‘qimachilik, ko‘nchilik, kimyo va farmatsevtika sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda qishloq xo‘jaligini mahsulotlarini qayta ishlash sohasi hamda boshqa yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning o‘zaro manfaatli rivojiga alohida e'tibor qaratildi.

Davlat rahbari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlantirish borasida fikr almashish uchun ushbu uchrashuv qulay imkoniyat ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Turkiya prezidenti o‘z mamlakati O‘zbekiston bilan munosabatlarni har ikki xalq manfaatlariga mos bo‘lgan yuksak darajaga olib chiqishga tayyorligini ta'kidladi. 

Prezident O‘zbekiston va Turkiya siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun to‘liq ishga tushirilmagan ulkan salohiyatga ega ekanligini qayd etib o‘tdi.

Top