19:00 / 15.05.2017
16997

«Bir makon – bir yo‘l» forumi ishtirokchilari proteksionizmga qarshi chiqishdi

Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon – bir yo‘l” forumi ishtirokchilari savdo proteksionizmining (biror davlatning o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqdisodiy siyosati) istalgan shakliga qarshi chiqmoqda, jumladan tashabbusning o‘zi doirasida ham. Bu haqda forum yakuni bo‘yicha qilingan qo‘shma bayonotda aytildi.

"Biz ochiq iqtisodiyotni qurish, erkin va inklyuziv savdoni ta'minlashga sodiqligimizni tasdiqlaymiz, proteksionizmning istalgan shakli, jumladan “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi doirasida ham qarshi chiqmoqdamiz", - deyiladi bayonotda.

Ma'lumot uchun, Pekinda 14-15 may kunlari “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi forum bo‘lib o‘tdi. Unda 29 davlatning rahbarlari va bosh vazirlari ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti «Bir makon — bir yo‘l» xalqaro forumi doirasida o‘tkazilgan doira stol atrofidagi uchrashuvda nutq so‘zlagani haqida xabar bergandik. 

Mavzu
«Bir makon, bir yo‘l» forumi
14-15 may kunlari Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda 28 davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.
Barchasi
Top