Boku mezbonlik qilayotgan «Islom birdamlik o‘yinlari»da tennis bo‘yicha finalga chiqqan O‘zbekiston vakillari Turkiya vakillariga qarshi o‘ynadi.
Jamoaning birinchi vakili Sabina Sharipova Eraydin Bashakka 4:6, 4:6 hisobida yutqazdi, Kamola Umarova esa Aksu Aylaga 1:6, 0:6 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, juftliklar o‘rtasidagi bahsni o‘tkazishga hojat qolmadi. Bu ishtirok uchun O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir kumush medal berildi.
Oldinda bu tennischilarni yakkalik bahslari kutmoqda.
Delegatsiya hisobida endilikda 6ta oltin, 5ta kumush va 13ta bronza medali bor.