09:16 / 15.05.2017
3298

Peruda yo‘l-transport hodisasida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: Fotolia / Yuri Bizgaimer

Peruda yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Yo‘l-transport hodisasi Pasko viloyatidagi markaziy shosseda yuz bergan. Voqea oqibatida shuningdek 25 kishi jarohat olgan. 

Avtohalokat sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Top