20:05 / 15.05.2017
10815

Trampni Isroilga tashrifi vaqtida 10 ming politsiyachi qo‘riqlaydi

Foto: Anadolu

AQSh prezidenti Donald Trampni Isroilga tashrifi davomida 10 ming politsiya xodimi qo‘riqlaydi, deb xabar berdi Isroil politsiyasi matbuot-kotibi Mikki Rozenfeld «Anadolu» agentligiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning tashrifiga tayyorgarlik Amerika politsiyasi bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borilmoqda.

Isroilning Jerusalem Post gazetasining yozishicha, Tramp tashrif davomida Quddusga vertolyotda keladi.

Prezident Sharqiy Quddusdagi Eski shaharga tashrif buyurishni rejalashtirgan, u yerda – Al-Aqsa masjidi va Baytul Maqdis joylashgan.

Kanal 2 telekanalining xabar qilishicha, Trampga tashrif davomida 900 kishi hamrohlik qiladi, ularga 70 ta avtomobil ajratilgan.

Kutilishicha, Tramp Isroilga 22 may kuni ikki kunlik tashrif bilan keladi.

Mavzuga oid
Top