02:18 / 16.05.2017
9843

APL. «Chelsi» chempion sifatida dastlabki o‘yinida g‘alaba qozondi

Angliya premer-ligasining 28-turida qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Chelsi» mavsum chempioni sifatida ilk o‘yinini «Uotford»ga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga Jon Terri 22-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada Eten Kapu hisobni tenglashtirdi. Sesar Aspilikueta birinchi bo‘limda, Mishi Batshuay ikkinchi bo‘lim boshida kiritgan gollar evaziga «Chelsi» 3:1 hisobida oldinga chiqib olgandi. Deril Yanmaat va Okaka-Chukalar tomonidan kiritilgan gollar hisobni tenglashishiga sabab bo‘ldi. Ammo o‘yin yakunlanishiga ikki daqiqa qolganida Sesk Fabregas tomonidan kiritilgan gol londonliklarga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 90taga yetdi. Jamoa o‘zining rekordi sanalgan 93 ochkolik natijani takrorlash imkoniyatini saqlab qoldi.

Angliya premer-ligasi
28-turning qoldirilgan uchrashuvi

Chelsi – Uotford 4:3 (2:1)
Gollar: Terri (22), Aspilikueta (36), Batshuayi (49), Fabregas (88) – Kapu (24), Yanmaat (51), Okaka Chuka (74).
Chelsi: Begovich, Zuma, Terri, Ake, Kenedi (Ayna, 75), Villian, Chaloba (Fabregas, 79), Azar, Kante, Aspilikueta, Batshuayi (Pedro, 84).
Uotford: Gomes, Pryodl, Xolebas, Yanmaat, Mariappa, Kapu (Dini, 90), Amrabat, Dukure, Bexrami, Kleverli, Nyang (Okaka Chuka, 71).
Ogohlantirishlar: Xolebas (4), Amrabat (11), Ake (30), Chaloba (58), Predl (83), Dini (90+4), Okaka Chuka (90+4).
Chetlatish: Pryodl (90+2, Uotford).

Top