18:57 / 16.05.2017
5683

Buxoroda hafta davomida jinoyatlar soni kamaydimi?

2017 yilning 11 may kuni Buxoro viloyati IIBda  viloyat hududida jinoyatchilikning ahvoli, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, aholi tinchligi va osoyishtalinigi ta'minlash, viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda tizim xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasiga bag‘ishlargan brifing o‘tkazildi.

Unda Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Hasanov ommaviy axborot vositalari vakillariga amalga oshirilayotgan samarali ishlar barobarida soha xodimlari tomonidan faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, kelgusida hududlarda osoyishtalikni ta'minlash maqsadida belgilab olingan vazifalar xususida axborot berdi.

Brifingda, polkovnik O.A.Hasanov joriy yilning 4-11 may kunlari - hafta davomida viloyat hududida jami  48  ta, shundan, Buxoro shahrida  15 ta, G‘ijduvon tumanida 7 ta, Olot va  Qorako‘l tumanlarida 4 tadan, Romitan, Shofirkon va Vobkent tumanlarida 3 tadan, Kogon shahar va Peshko‘ tumanlarida 2 tadan, Buxoro, Jondor hamda Kogon tumanlarida  esa 1 tadan jinoyatlar qayd etilganligini, viloyatning Qorovulbozor tumanida  jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligini, ushbu jinoyatlarning 45 tasi fosh etilib, jinoyatlarning ochilishi 93,7 foizni tashkil qilganligini, shuningdek, o‘tgan haftaning 4 may kunidan  5 may kuniga qadar viloyat hududida xodimlarning shaxsiy tashabbusi bilan aniqlangan faqatgina 1 ta qo‘shmachilik jinoyati qayd qilinganligi, ushbu haftada viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar soni 15 taga kamayganligini ta'kidlab o‘tdi. 

Bundan tashqari, hafta davomida viloyat hududida qayd qilingan jami 3 ta o‘g‘rilik jinoyatlari ochilmasdan qolgan bo‘lsa-da, olib borilgan tezkor tadbirlar davomida avval sodir etilib, ochilmasdan qolgan 4 ta jinoyatlar fosh etilganligi aytib o‘tildi.

Mavzuga oid
Top