13:22 / 16.05.2017
11167

Daniyalik mashhur arxitektor Toshkentga keldi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bugun O‘zbekistonga xalqaro arxitektor Yan Geyl tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Dasturga ko‘ra, shahar jamoat maydonlarini loyihalashtirish va shahardagi muhitni yaxshilash masalalari bo‘yicha tan olingan ekspert Yan Geyl Toshkent shahri me'morchiligini ko‘zdan kechirishi va o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashishi, Simpoziumlar saroyida “Zamonaviy jahon me'morchiligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazishi belgilangan. Arxitektor shuningdek, Samarqandga tashrif buyurib, shahardagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishadi.

Yan Geylning 50 yillik tadqiqotlari natijasida mavjud shahar va hududlarda maftunkor, gavjum va aholi uchun sog‘lom jamoat hududini yaratish imkoniyati yuzaga kelgan. Professor Nyu-York, Kopengagen, Sidney, London, Melburn kabi yirik shaharlarning obodonchiligiga ko‘cha va jamoat joylarini loyihalashga qo‘shgan hissasi uchun ko‘plab mukofotlar sohibi bo‘lgan. Kopengagendagi Stryoget piyodalar ko‘chasi Geylning mehnati natijasi bo‘lib,  Yevropadagi eng uzun savdo piyoda zonasi hisoblanadi.

Top