O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda prezidentning rafiqasi, mamlakat birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva 11-15 may kunlari davomida Xitoy poytaxtida bo'ldi.

Prezident Xitoy rahbari Si Jinpingning taklifiga binoan 11-13 may kunlari ushbu davlatga davlat tashrifini amalga oshirdi, 14-15 may kunlari esa Pekinda 29 davlat rahbarlari qatorida «Bir makon, bir yo'l» iqtisodiy forumida qatnashdi.

Quyida Shavkat Mirziyoyevning forum doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamda Qirg'iziston rahbari Almazbek Atambayev bilan uchrashuvlari fotosuratlari keltirilgan.

Forum o'tayotgan vaqtda ishtirokchi davlat rahbarlarining turmush o'rtoqlari mezbon davlatning birinchi xonimi Pen Liyuan taklifi bilan Pekinda joylashgan dunyodagi eng katta saroy kompleksi — Yopiq shaharda bo'lishdi. Mehmonlarga saroy-muzey tarixi haqida hikoya qilindi, ular qadimiy osori-atiqalarni ko'zdan kechirishdi.