17:29 / 16.05.2017
7136

«Yuventus» rimliklarning turinliklarga nafrat izhor etgan futbolchisini sotib olmoqchi

Foto: Tuttosport

«Roma» yarim himoyachisi Radja Naynggolan «Yuventus» qiziqishlari doirasida turibdi. Tuttosport xabariga ko‘ra, turinliklar klubi yozgi transferlar vaqtida belgiyalik ushbu futbolchini sotib olishga urinib ko‘radi. 29 yoshli bu yarim himoyachining transfer qiymati 40 mln yevroga teng bo‘lishi mumkin.

Italyanlar gazetasi qayd etishicha, Naynggolan bu jamoaga transferi amalga oshishi ehtimoli juda kam: Radja «Yuventus»dan nafratlanishini ochiq izhor etgan.

A Seriyaning joriy mavsumida Naynggolan 35 uchrashuvda maydonga tushgan, 11 gol urib, 4 golga uzatma bergan. U 14 may kuni 36-tur doirasida «Yuventus»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda bir gol urib, bitta golga uzatma bergan.

Top