17:05 / 17.05.2017
8922

16 may kuni Toshkentda 32 nafar mast haydovchi aniqlandi

Arxiv foto/ "Kun"

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda 2017 yil 16 may kuni qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma'lumot berdi.

2017 yilning 16 may kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohatini olgan. 

2017 yilning 16 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami  2796 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 961 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 32 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi. 

Toshkent shahar IIBB YHXBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 16 may kuni jami 1153 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 587 tasini svetoforning ta'qiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 566 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi. 

Top