4 oyga bormay ishdan olingan Izboskan tumani hokimi o‘rniga yangi rahbar tayinlandi
17 may kuni Xalq deputatlari Izboskan tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi.
«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, viloyat hokimi ishtirokidagi yig‘ilishda tumanga yangi hokim tayinlangan. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov yig‘ilganlarga shu vaqtgacha o‘ziga qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Akmaljon Jalolov Nasriddinovichni tumanning yangi hokimi sifatida tanishtirgan.
U joriy haftada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev rahbarligidagi ishchi guruhning Farg‘ona vodiysidagi safari davomida qishloq xo‘jaligi sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli Izboskan tumani hokimligidan ishdan olingan Ulug‘bek Rahimovning o‘rnini egalladi. Ulug‘bek Odashevich Rahimov tuman hokimligiga shu yilning yanvar oyi oxirida tayinlangandi.
Akmaljon Jalolov 1974 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan, 1997 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. U 1992 yilda mehnat faoliyatini Andijon viloyati Poytug‘ paxta tozalash zavodida oddiy ishchi sifatida boshlagan, 1997 yilda institutni bitirgach, turli yillarda "Andijonsuvqurilish" AJ birlashmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2006-2008 yillarda O‘zbekiston qurilish va qurilish ashyolari sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Andijon viloyati vakili, 2008-2010 yillarda Andijon viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2010-2016 yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Migratsiya agentligining firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblangan sobiq rahbari oqlandi
O‘zbekiston | 16:34
-
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini qo‘llab-quvvatlamasligin aytdi
Jahon | 16:29
-
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?
Jahon | 16:09
-
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

22:12 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:57 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi

09:52 / 28.02.2025