19:03 / 17.05.2017
57154

Aholi qaysi aloqa operatorining mobil xizmatidan ko‘proq shikoyat qilmoqda?

17 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalqaro press-klub hamkorligida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, AKT sohasining rivojlanish holati va istiqboldagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.  

Tadbirda telekommunikatsiya infratuzilmasining muhim qismi bo‘lgan mobil aloqa abonentlari soni 21.4 mln nafarga yetgani ma'lum qilindi. 

O‘zbekiston hududlarini mobil aloqa signallari bilan qamrab olish uchun 2017 yilning aprel holatida jami 18.3 mingta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilgan. 2017 yil davomida bu raqam 20 mingdan oshadi.

Shuningdek, anjuman davomida mobil aloqaning sifati yuzasidan portalga kelib tushgan shikoyatlar statistikasi ham aytib o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - PM.gov.uz portaliga mobil aloqa ustidan 112 shikoyat, Bilayn aloqa operatoriga 196, Ucell'ga 149, UMS'ga 75, UZMOBILE'ga 69, PERFECTUM'ga 10ta ariza kelib tushgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining virtual qabulxonasida esa mobil aloqalar bo‘yicha shikoyatlarning soni 15ta (Bilaynga 32, Ucell'ga 23, UMS'ga 11, UZMOBILE'ga 9, PERFECTUM'ga 3)ni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top