21:35 / 17.05.2017
9298

Boku-2017. Bobo-Usmon Boturov finalga chiqdi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 17 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning oltinchi kungi musobaqalari davom etdi.

Abror Qodirovning muvaffaqiyatsizligidan keyin ringga ko‘tarilgan Bobo-Usmon Boturov (69 kg) ishonchni oqladi. U suriyalik Ahmad Hussanni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar soni 3 nafarga yetdi. Bungacha Abdulhay Shorahmatov (-56 kg) va Alyor Noraliyev (-64 kg) ham final yo‘llanmasini naq qilgandi.

Mironshoh Ibragimov (-49 kg) va Abror Qodirov (-52 kg) bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Bokuga 9 nafar bokschi bilan jo‘nab ketgandi. Ular orasidan 4 nafar bokschi: Ulug‘bek Do‘stmurodov (-60 kg), Mahmud G‘oipov (-75 kg), Madiyor Saidrahimov (-81 kg) va Sardor Begaliyev (-91 kg) medallar uchun kurashdan chiqib bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top