20:46 / 17.05.2017
6855

Boku-2017. Yunon-rum kurashchisi finalda, Abror Qodirov yarim finalda yutqazdi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 17 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning oltinchi kungi musobaqalari davom etdi.

Sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha -59 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Islombek Bahromov final jangini o‘tkazdi.

Bundan oldingi bosqichlarda turkmanistonlik va pokistonlik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Islomjon Bahromovning finaldagi raqibi Qirg‘iziston vakili Kanibek Jolchubekov bo‘ldi. Ushbu bahs to‘lig‘icha qirg‘izistonlik sportchi ustunligida o‘tdi, o‘zbekistonlik kurashchi mag‘lubiyatga uchradi - 1:8.

Islombek Bahromov o‘z ishtiroki bilan O‘zbekiston hisobiga yana bir kumush medal keltirdi.

O‘zbekiston terma jamoasining boks bo‘yicha bahslarda yarim finalga chiqqan navbatdagi vakili Abror Qodirov ishonchni oqlay olmadi. Avvalgi bosqichda ozarboyjonlik Ma'sud Yusufzodani mag‘lub etgan Qodirov yarim finalda marokashlik Dara Abdullayiga yutqazdi va bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Endi yana bir bokschi 69 kg vazn toifasidagi Bobo-Usmon Baturov o‘z jangini endi o‘tkazadi. U suriyalik Ahmad Hussan bilan final yo‘llanmasi uchun bahslashadi.

Mavzuga oid
Top