23:56 / 17.05.2017
10060

Fotojamlanma: Registon maydonidagi rangli va musiqiy shou

 

"O‘zbekiston madaniy merosi - xalqlar va mamlakatlar aro muloqot sari" xalqaro kongressi o‘z ishini yakunladi. Ikki kun davomida, 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqand 40 mamlakatdan tashrif buyurgan 370 nafar ishtirokchi uchun yirik muloqot maydoniga aylandi. Bu yerda olimlar arxeologiya, numizmatika, tarix, amaliy san'at kabi sohalarga oid eng yangi kashfiyotlar va yutuqlar bilan bo‘lishishdi. 

Kongressda ilm-fan va madaniyat, davlat va ijtimoiy tashkilotlar xodimlari, diplomatik korpus vakillari hamda ekspertlar qatnashishdi. Kongress faoliyati mahalliy va xorijiy OAV («Vesti 24», NTV, «Kultura», «Mir», TRT, Reyter,  TASS, Sinxua, Anadolu agentliklari)da keng yoritib borildi. Unda Ozarboyjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, Qozog‘iston, Kanada, Qirg‘iziston, Polsha, Rossiya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya va Yaponiyadan tashrif buyurgan 5 akademik, 36 nafar fan doktori, 14 professor ma'ruzalar bilan qatnashdi.

Xalqaro kongress Samarqand shahri Registon maydonidagi rangli va musiqiy shou bilan tugallandi.

 

Top