20:30 / 17.05.2017
10262

Home Market ota-onalar va bolalarni chorlaydi

Har bir bolaga kundalik ravishda g‘amxo‘rlik va e'tibor qaratish kerak. G‘amxo‘r va mehribon ota-onalar, siz uchun Home Market do‘konida bolalar bo‘limi tashkil etildi.

Biz alohida e'tibor berib, jahonning yetakchi brendlari, vatanimizning yetakchi korxonalarida ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlaridan bolalar uchun bezarar kiyim-kechaklarni arzon narxlarda tanlab keltirdik. Yangi bo‘limning assortimenti bolalarning farovonlikda o‘sishi va rivojlanishiga yordam beruvchi maxsulotlar iborat. Siz do‘konimizdan bolalar uchun nimaiki kerak bo‘lsa, ya'ni tagliklar, o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, poyabzallar, karovatlar, kolyaskalar, shuningdek chaqaloqlar uchun kerakli barcha buyumlarni topasiz. Shuningdek, sizni shinam muhit va savdo qatorlarining qulay joylashgani, mutaxassis maslahatlari, xaridorning istagiga binoan ustuvor xizmat ko‘rsatish ham quvontiradi, degan umiddamiz. Emizikli onalar uchun alohida sharoitlar yaratilgan. Ota va onalar bu yerda bolalarini ham, o‘zlarini ham xursand qilishlari mumkin.

Bo‘limning ochilish marosimi 20 may kuni Home Market «Samarkand Darvoza» savdo markazida bo‘lib o‘tadi. Ko‘ngilli va foydali xarid qilishingizni tilaymiz.

Reklama huquqi asosida

Top