21:20 / 17.05.2017
6537

Hindistonda iPhone smartfonlari yig‘ish yo‘lga qo‘yildi

Foto : Apple

AQShning Apple korporatsiyasi birinchi marta Hindistonda iPhone smartfonlarini yig‘ish jarayonini boshladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

"Apple Hindistonda yig‘ilgan iPhone partiyasining sinov jarayonini tugatdi. Bu tez o‘sayotan Janubiy Osiyo bozorida AQSh texnologik gigantini ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi", deb yozmoqda nashr.    

iPhone’ning eng arzon modeli SE’ni joriy oyda avvalroq Tayvanning Wistron Corp kompaniyasi ishlab chiqargandi. Kompaniyaning Karnataka shtatida smartfonlar yig‘ish bo‘limi bor. Wistron vakili kompaniya "mish-mishlari va taxminlarga" izoh bermasligini aytgan.

Apple o‘z bayonotida iPhone SE smartfonini  Bangalorda yig‘ishni boshlagani va Hindistonda yig‘ilgan smartfonlar may oyida mahalliy xaridorlar uchun yetkazib berilishi boshlanishini ma'lum qilgan.

4 dyuymli (10 sm) ekranga ega SE modeli Apple’ning eng arzon modeli hisoblanadi. Biroq bu smartfonni hozircha hamma hindistonliklar ham sotib ololmaydilar. Apple’ning Hindiston bozoridagi ulushi 2012 yildan beri 3 foizdan oshmagan.

Top