07:59 / 17.05.2017
8592

Meksikaning shaharlaridan birining barcha politsiyachilari hibsga olindi

Foto: RIA

Meksikaning Siutanexo kurort shahrining barcha politsiyachilari korrupsiya gumoni bilan o‘z ishidan chetlatildi va qurolsizlantirildi. Shahardagi tartibni armiya bo‘linmalari va shtat politsiyasi ta'minlaydi.

Hozirda politsiyachilar hibsda ushlab turilibdi, ularga nisbatan taftish olib boriladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Jinoiy guruhlar tomondan politsiya saflariga kiritilgan 60 kishi qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, politsiya kiyimida bo‘lgan va qurolga ega bo‘lgan 42 kishi aslida politsiyachi bo‘lmagan.

Mart oyida mamlakatning federal kuchlari Xalisko shtatidagi Okotlan shahridagi barcha politsiyachilarni qo‘lga olgandi. Bunga esa politsiya saflariga jinoiy unsurlar kirib olganiga gumon sabab bo‘lgan.

Top