17:17 / 17.05.2017
8770

«PSJ» ham, Xitoyga ham emas. Obameyang uchun yangi da'vogar bor

Foto: Sky Sports

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangga «Manchester Yunayted» tomonidan jiddiy qiziqish mavjud. Bu haqda L’Equipe xabar tarqatdi.

Xabarda ta'kidlanishicha, manchesterliklarning yozgi transferlardagi asosiy maqsadi «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann bo‘lib qolaveradi. Agar fransuz futbolchisi bilan kelishuvga erishilmasa, ro‘yxatdagi ikkinchi nom bo‘lmish Obameyangga e'tibor qaratiladi.

«MYu»ga bu futbolchi uchun Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» klubi raqib bo‘lib turibdi. Bu jamoa 27 yoshli gabonlik futbolchiga 50 mln yevro miqdorida yillik maosh taklif etgan. Futbolchining oilasi u xitoyliklar taklifini qabul etishini istamoqda.

Bundan avvalroq futbolchi yiliga 14 mln yevro miqdoridagi maosh taklif etgan «PSJ» bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar berilgandi.

Top