18:30 / 18.05.2017
10919

Boku-2017. O‘zbekistonning o‘ninchi oltini boksdan

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bokuda «Islom birdamlik o‘yinlari»ning 18 may kungi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar vakili sportning 5 turida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Kun hisobidan ikkinchi oltin medal qo‘lga kiritildi.

-56 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Abdulhay Shorahmatov finalda Turkmaniston vakili Yoqub Meredovga qarshi ringga chiqdi. U ringda to‘liq ustunlik namoyish etib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ayni vaqtga kelib, O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 47taga yetdi (10ta oltin, 12ta kumush va 25ta bronza, to‘rtinchi o‘rin).

Mavzuga oid
Top