Foto: Instagram yulduziga aylangan mushuk

Jamiyat 18 May 2017 12034

Avstraliyalik Stefi Hyorst to'rt yil muqaddam meyn-kun zotidagi mushukni, jonivor 12 haftalik bo'lganda sotib oldi. Yaqinda esa Stefi Umar (mushukning nomi shunday) uchun Instagram’da alohida sahifa ochdi. Unga deyarli 20 ming kishi obuna bo'lib ulgurdi. Hamma gap mushukning yirik hajmida: uning uzunligi 120 santimetr, og'irligi esa - 14 kilogramm keladi. Stefining fikricha, Umar o'sishda hali-hamon davom etayapti. Hayvon ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'lgach, uning egasiga Ginness rekordlar kitobi vakillari murojaat qilib, mushukning aniq o'lchamlari haqidagi ma`lumotni so'rashdi. Hozircha eng uzun mushuk deb Angliyaning Yorkshiridan bo'lgan 118 santimetrli meyn-kun hisoblanadi, deb xabar bermoqda TJournal. Quyida Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun nomzod bo'lib turgan mushuk Umar tasvirlangan fotosuratlar taqdim etiladi.

Suratlar manbasi:@omar_mainecoon / Instagram.com 

Ko'proq yangiliklar: