19:27 / 18.05.2017
15288

Fotoreportaj: Toshkent shahrida Maxtumquli nomidagi ko‘cha va me'moriy yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: "Kun"

2017 yil 18 may kuni Toshkent shahrida buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me'moriy yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda davlat arboblari, shoir va yozuvchilar, san'atkorlar, Respublika baynalmilal madaniyat markazi vakillari ishtirok etdi. 

Ochilish marosimida shoir qalamiga mansub she'rlar o‘qildi. Hofizlar tomonidan Maxtumquli she'rlari asosida qo‘shiqlar ijro etildi.

Alnazarov Jasvant, haykaltarosh, Maxtumquli me'moriy yodgorligining muallifi:

"Men asli Xorazmdan bo‘lganim uchun, xorazmcha qo‘shiqlarda Maxtumqulining ijodiga tegishli misralarni tinglab katta bo‘lganman. Mazkur me'moriy yodgorlikni qurish bo‘yicha e'lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lganimdan va buyuk turkman shoirining mangu xotirasini abadiylashtirishga hissa qo‘shganimdan baxtliman", dedi u.

Mavzuga oid
Top