08:41 / 18.05.2017
10020

Musaffo – tabiiy, mazali va xavfsiz sut

2017 yilning 6 may kuni Makro Megaplanet  va Makro Samarqand Darvoza’da ultrapasterizatsiya qilingan, o‘ralgan (TetraPak), O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi va yog‘lilik darajasi 3,2 foiz bo‘lgan sutni ko‘rmagan holda yashirin ravishda tatib ko‘rish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Degustatsiyada barcha istovchilar ikki ishlab chiqaruvchi sutini tatib ko‘rish va ularga – tarkib, rang, maza, hid bo‘yicha baho berish imkoniga ega bo‘lishdi.

Tatib ko‘rish chog‘ida namunalar bir xil darajada bo‘ldi va degustatsiyada ishtirok etuvchilarga bir xil sharoitlarda taqdim etildi.

Taqqoslash degustatsiyasi yakuniga ko‘ra, Musaffo SM ishlab chiqargan, ultrapasterizatsiya qilingan sut raqobatchisini barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirdi.

Shu tariqa, respondentlarning 89 foizi Musaffo SM suti konsistentsiya bo‘yicha yaxshi, cho‘kishlarsiz bir xil darajada ekanini ta'kidlab o‘tishdi.

Degustatsiyada ishtirok etganlarning 96 foizi fikricha, Musaffo suti rangi oq yoki biroz sariqroq.

Toza, yoqimli va biroz shirin hid so‘rovda ishtirok etganlarning 77 foizi tomonidan e'tirof etildi.

Maza bo‘yicha esa Musaffo suti qatnashchilarning 70 foiziga manzur bo‘lgan. Ular toza, yoqimli va biroz shirin ta'm haqida gapirishdi.

Makro Megaplanet va Makro Samarqand Darvoza’ning tadbirda ishtirok etgan barcha tashrif buyuruvchilariga minnatdorlik bildiramiz, Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Musaffo – tabiiy, mazali va xavfsiz sut!

Musaffo sayti: musaffo.uz 

Reklama huquqi asosida.

Top