14:40 / 18.05.2017
82066

Navalniy Alisher Usmonovga javob qaytardi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy milliarder Alisher Usmonovga javob videomurojaati bilan chiqdi hamda uni o‘z faoliyatini boshlayotgan videobloger, deb atadi.

«Hurmatli, Alisher Burhonovich Usmonov, albatta, men javob beraman va sizning qanday muttaham ekaningizni bandlar bo‘yicha shaxsan o‘zingizga eslataman, hamda qolganlarga ham aytib beraman. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, mening so‘zlarim ancha ishonarli chiqadi», - dedi Navalniy o‘z videosida.

Shuningdek Navalniy yaqin vaqt ichida tadbirkorga o‘zining to‘la javobini berishi haqida ham va'da bergan.

Avvalroq Alisher Usmonov “Korrupsiya bilan kurash fondi” asoschisi, siyosatchi Aleksey Navalniyga videomurojaat bilan chiqqani haqida xabar bergandik.

Top