15:30 / 18.05.2017
21750

Sirli qotillik: «Pedofilga o‘lim!»

Rossiyaning Volgograd viloyatida qotillik yuz berdi.

Kuybishev qishlog‘ida 84 yoshli erkak kishini o‘ldirib ketishgan. Uning uyidagi ko‘zguda esa «Pedofilga o‘lim!» yozuvi bo‘lgan. So‘zlar ayollar lab bo‘yog‘ida yozilgan.

Erkakning tanasiga 7 marta pichoq urilgan. Uning boshiga ham ikki marta kuchli zarba berilgan. Qotil 30-40 yoshlardagi ayol ekani taxmin qilinmoqda. Odam o‘ldirilgan uyda ayollar sumkasi va pichoq topilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, erkak biror marta sudlanmagan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Oxirgi yillarda Rossiyada pedofiliya bilan jabrlanayotganlar soni ortib bormoqda. Bungacha bir necha marta maktab va bog‘cha bolalarining ota-onalari farzandlari pedagoglar tomonidan zo‘rlanayotgani haqida xabar qilishgandi.

Top