21:30 / 19.05.2017
40554

Yakkasaroy tumanida noqonuniy qurilmalar buzilmoqda (suratlar)

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida noqonuniy qurilmalar sud qaroriga asosan, majburiy tarzda buzilmoqda. Bu haqida Yakkasaroy tuman sud ijrochilar bo‘limi boshlig‘i Mashrapov M.Z. "Kun.uz" nashriga ma'lum qildi.

Ta'kidlash joizki, davlatga qarashli turar-joy va binolarni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi ko‘pchilikka ma'lum. 

Mahalliy sud organi jismoniy va yuridik shaxslarni mulkdan foydalanishida qonunga zid xatti-harakati yuzasidan tegishli qaror chiqarishga xaqli. 

Davlat biror obekt uchun uy-joy yoki yer ajratdimi, demak u muayyan hisob-kitoblarga asoslangan. Ko‘cha yuziga qarata solingan uylar, yo‘l yuzida qo‘yilgan to‘siqlar - yo‘llarning torayishi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytda maxsus xizmat xodimlariga noqulaylik tug‘dirishi tabiiy. 

Nima uchundir turli ogohlantirishlarga qaramay, aksariyat fuqarolar noqonuniy qurilmalarni qurishda davom etmoqda. Oxir-oqibat esa, ularning bari buzilib, o‘ziga moddiy ziyon yetgani qolmoqda. 

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 73-1-moddasiga ko‘ra, qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash guvohlar ishtirokida sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top