22:04 / 19.05.2017
12728

Amerikalik siyosatchi Hillari Klintonni "rus agenti" deb atadi

Foto: Kremlin Press

AQShning Nyu-Jyersi shtatidan Respublikachilar partiyasi a'zosi Anna Littl AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni "Rossiya bilan aloqasi borlikda" gumon qilmoqda, deb xabar bermoqda RT nashri.

Littl Klintonni Kreml topshirig‘iga ko‘ra AQShni parokanda qilmoqchi bo‘layotgan "rus agenti" deb atadi.

Uning fikricha, Klinton AQShning qonuniy saylangan prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamaslikka chorlashlari bilan mamlakatni bo‘laklamoqchi. Bu Rossiyaga ta'sirini kengaytirishga va bir vaqtda Klinton oilasi jamg‘armasiga pul ajratishni oshirishga imkon beradi. 

Bu orada 52 foiz amerikaliklar AQSh kongressi Bill va Hillari Klintonga nisbatan "Rossiya bilan bog‘langanliklarini" tekshirish maqsadida tergov boshlash kerak, deb hisoblamoqda. Bundan aprelda Rasmussen Reports jamoatchilik fikri markazi o‘tkazgan so‘rovnoma ma'lumotlari darak bermoqda.

17 may kuni AQSh adliya vazirligi FQBning sobiq rahbari Robert Myullerni Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvini tergov qilish bo‘yicha bosh prokuror etib tayinladi. 

Mavzuga oid
Top