CNN rus cherkovi gumbazlarini minoralar deb atadi

Jahon 19 May 2017 6036
Фото: Sergey Kovalev Global Look Press

AQShning CNN telekanali sayti Moskvadagi Vasiliya Blajyenniy ibodatxonasi gumbazlarini "minoralar" deb atadi.

Saytda 18 may kuni "Oq uy TIME jurnali muqovasida Rossiya minoralari tomondan egallab olindi" sarlavhasi ostida maqola chop etilgan. Maqola muallifi Devid Rayt bo'lib, keyinroq CNN maqola sarlavhasidagi minoralar so'zini gumbazlarga almashtirgan.

Nufuzli TIME jurnalining yangi soni muqovasi Oq uyning Vasiliya Blajyenniy ibodatxonasi bilan chatishib ketayotgan ko'rinishdagi tasviri bilan chiqqan. Jurnalning bosh maqolasida AQSh prezidenti Donald Trampga go'yoki uning Rossiya bilan aloqalari borligi sababli bildirilgan ayblovlar muhokama qilingan. 

Maqolada, shuningdek, Rossiya nafaqat serverlarni, balki ijtimoiy tarmoqlar akkauntlarini ham buzib kirishni o'rganib olgani ta`kidlab o'tilgan. Nashr fikricha, bu Rossiyaga "AQShdagi voqealar borishini jamoatchilik fikrini boshqarish yo'li bilan o'zgartirish" imkonini bergan.  

Ko'proq yangiliklar: