Eron prezidentligi saylovlarida ovoz berish 2 soatga uzaytirildi

Jahon 19 May 2017 2462
Фото Сергея Сацюка

Eron prezidentligi saylovlarida ovoz berish 2 soatga: mahalliy vaqt bilan soat 18:00dan 20:00gacha uzaytirildi. 

Saylovlarni o'tkazish shtabida ma`lum qilinishicha, bunday qarorni Eron ichki ishlar vaziri Abdulroz Rahmoni Fazliy qabul qildi.

Shtabning ma`lum qilishicha, soat 17:00ga ko'ra, taxminan 20 mln saylovchi ovoz berib bo'lgan. Davomat yuqoriligi qayd qilinmoqda. Eronda ovoz beruvchilar umumiy soni 56,41 mln kishini tashkil qiladi.

Eron prezidentligi lavozimi uchun 4 nafar nomzod kurash olib bormoqda. Bular: mamlakatning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy, sobiq bosh prokuror Ibrohim Raisiy, sobiq madaniyat va islom oriyentatsiyasi vaziri Mustafo Og'a Mirsalim va sobiq sanoat vaziri Mustafo Hoshimi Toba. 

Saylovda g'olib bo'lish uchun 50 foizdan ko'proq ovoz to'plash kerak. Agar saylov natijalariga ko'ra biror nomzod bunga muvaffaq bo'lmasa, 2-bosqich o'tkaziladi. Unda 1-bosqichda eng ko'p ovoz to'plagan 2 nafar nomzod kurash olib boradi.

Ko'proq yangiliklar: