09:19 / 19.05.2017
4387

Xitoy rahbari Seul bilan aloqalarni yaxshilashga tayyorligini ma'lum qildi

Foto: newsru.com

Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jinping Xitoy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni “normal yo‘lga” qaytarishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

XXR yetakchisi bu haqda Janubiy Koreyaning Xitoydagi elchisi Li Xen Changa ma'lum qilgan.

«Janubiy Koreya bilan ishlashga tayyormiz, bu erishilgan natijalarni saqlab qolish, bahslarni to‘g‘ri hal etish, Xitoy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni normal yo‘lga qaytarish va har ikki xalqqa o‘zaro tushunish va hurmat asosida foyda keltirish uchun kerak», - deya aytib o‘tdi u.

Mavzuga oid
Top