Mirziyoyev Ar-Riyozda Tojikiston prezidenti bilan uchrashadi, Tramp bilan birga tushlikda bo'ladi

O'zbekiston 19 May 2017 39110
Фото: UzDaily

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Ar-Riyozda Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashadi. Bu haqda Tojikiston hukumatidagi manba ma`lumot bergan.

Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qo'shma Shtatlari sammitida ishtirok etadi. Uning O'zbekiston prezidenti sifatida qo'shni davlat rahbari bilan ilk uchrashuvi aynan ushbu sammit doirasida bo'lib o'tishi kutilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev ushbu sammitda o'z nutqi bilan chiqish qilishi kutilmoqda.

Sammitda Markaziy Osiyodan O'zbekiston va Tojikiston ishtirok etadi. Unda AQSh, Afg'oniston, Pokiston va arab davlatlari rahbarlari qatorida dunyoning 50dan ortiq davlati rahbari qatnashadi.

21 may kuni sammit doirasida oliy darajadagi uchrashuvlar belgilangan.

AQSh prezidenti Donald Tramp sammit ishtirokchilari bilan birga tushlik qiladi.

Qayd etish kerakki, Donald Tramp AQSh prezidentlari an`anaga aylantirgan qoidani buzdi, undan avvalgi prezidentlar ilk xorijiy safarini Meksika yoki Kanadaga amalga oshirardi, u esa Saudiya Arabistonini tanladi. Tramp Saudiyadan Isroilga uchadi, keyin esa Vatikanga boradi.

Ko'proq yangiliklar: