07:54 / 19.05.2017
2824

Tayvandagi qariyalar uyidagi yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

Tayvan janubidagi Pindun uyezdidagi qariyalar uyida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi va yana 50 kishi shifoxonaga yetkazildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in 19 may kuni muassasaning 2-qavatida mahalliy vaqt bilan soat 05:00da yuz bergan. 

"Sinxua" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in vaqtida binoda 150 ga yaqin odam bo‘lgan. 

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan. Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.  

Top