AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiya prezidenti  Xuan Manuel Santos bilan uchrashuvdan keyin o'tgan matbuot-anjumanda Santosga yanglishib, "koka" giyohvand moddasining o'rniga "kakao yetishtirishga qarshi kurashishga" va`da berdi. Tramp talaffuz qilinishi o'xshash bo'lgan "koka" va "kakao" so'zlarini chalkashtirib yuborgan.

Trampning bu yanglishishi videosi internetda katta muhokamaga sabab bo'lgan.

"Men bugun AQSh Kolumbiyaga uning rejasini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini tasdiqladim. Bu rejaning maqsadi giyohvand modda aylanmasi va moliyalashtirilishini hamda kakao yetishtirishni yo'q qilishdan iborat", deb aytgan Tramp.

Avvalroq Tramp giyohvand modda trafigiga qarshi kurash uning prezident lavozimidagi eng asosiy maqsadlaridan biri ekanligini aytgan. Giyohvand moddalar trafigi  shuningdek AQSh va Meksika chegarasida devor qurilishiga sabablardan biri hisoblanadi.