Ukrainada "Odnoklassniki" va "VKontakte" o'rniga Ukrainians ijtimoiy tarmog'i yaratiladi

Jahon 19 May 2017 2340
Фото: RIA

Kanadaning dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchi StartupSoft kompaniyasi mutaxassislari Ukrainaga Ukrainians deb nomlangan yangi ijtimoiy tarmoq yaratishni taklif qilishdi va loyihani qo'llab-quvvatlash uchun imzolar to'plash tizimini yo'lga qo'yishdi. 

"StartupSoft'ning 30 dasturchidan iborat jamoasi Aleksandra Strumchinskaya (ijtimoiy tarmoq masalalari bo'yicha ukrainalik mutaxassis) bilan bir vaqtning o'zida uch platforma - web, iOS va Android uchun Ukraina ijtimoiy tarmog'ini ishlab chiqishga tayyor. Mazkur mahsulot ishlanmasiga kapital va vaqt ajratishdan oldin unga ehtiyoj borligiga ishonch hosil qilish kerak", - deyiladi Ukrainians deb nomlangan bo'lg'usi ijtimoiy tarmoqning veb-sahifasidagi xabarda. 

Ushbu sahifaning o'zidayoq yangi ijtimoiy tarmoqning yaratilishini qo'llab-quvvatlab ovoz berish mumkin. Xabarga ko'ra, joriy yilning 1 iyuniga qadar 50 mingdan ziyod ovoz to'plansa, StartupSoft to'rt oy ichida yangi loyihani ishlab chiqadi. 

Bugunga qadar mazkur loyiha 6834 kishi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. 

Bundan avval Ukraina prezidenti Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining sanksiyalar joriy qilingan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslar ro'yxatini kengaytirish to'g'risidagi qarorini tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Ushbu ro'yxatdan Rossiyaning 1228 nafar fuqarosi hamda 468 kompaniyasi o'rin oldi. Qaror chorshanba kunidan boshlab kuchga kirdi. 

Ushbu qarorga muvofiq, Ukraina hududida "VKontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari ham taqiqlangan. 

Ko'proq yangiliklar: