«O'zbekiston havo yo'llari» Samarqandga chiptalar narxini rekord darajada pasaytirdi

O'zbekiston 19 May 2017 43428
Фото: Ўзбекистон ҳаво йўллари

«O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand yo'nalishi bo'yicha reklama tarifi darajasi arzonlashganini ma`lum qildi.

Joriy yilning 22 may kunidan boshlab ushbu yo'nalish bo'yicha bir tomonga aviachipta narxi (yig'imlarni hisobga olgan holda) 17 yevroni tashkil etadi.

Markaziy bankning 2017 yilning 19 may kungi kursiga ko'ra 1 yevro taxminan 4126 so'm turadi. Demak, Samarqandga chipta narxi 70142 so'mga tushadi.

 

Ko'proq yangiliklar: