O'zbekiston Xalqaro armiya o'yinlarida ilk bor ishtirok etadi

O'zbekiston 19 May 2017 34301
Фото: © РИА Новости

O'zbekiston Suriya, JAR, Isroil, Fiji, Uganda va Laos qatorida ilk marta xalqaro armiya o'yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda «ArMI-2017» tashkiliy qo'mitasi ma`lum qilgan.

«Isroil, Fiji, JAR, O'zbekiston, Suriya, Uganda va Laos ilk marta xalqaro armiya o'yinlarida ishtirok etadi. Bugunga qadar jami 27 mamlakat o'yinlarda ishtirok etishini tasdiqladi, o'z qiziqishini bildirgan yana 16 mamlakat hozircha yakuniy qarorga kelmagan. Taklifnomalar 73 mamlakatga jo'natilgandi», — deya ma`lum qilgan tashkiliy qo'mita 32 mamlakat harbiy attashelari bilan o'tkazilgan yig'ilish chog'ida.

O'yinlar Rossiya, Ozarboyjon, Belarus, Qozog'iston va Xitoyning 22 poligonida 29 iyundan 12 avgustga qadar o'tkaziladi. 

O'yinlar harbiy xizmatchilarning dala, havo va dengizdagi mahoratlarini sinovdan o'tkazishga qaratilgan 28 tanlovdan iborat bo'ladi. 2017 yilgi o'yinlarga 5ta yangi yo'nalish kiritilgan: bular «Harbiy ralli» (1000 kilometrdan ortiq masofaga harbiy  mashinalarda marsh bilan harakatlanish), «Uchuvchisiz uchar qurilmalarni boshqarish musobaqasi», «Hamdo'stlik jangchisi» (MDH mamlakatlari harbiylarining harbiy-professional mahorati), «Tartib posboni» («Qahramonlar poygasi» to'siqli polosalarida harbiy politsiyachilar o'rtasida musobaqa), «Yo'l patruli» (harbiy avtoinspeksiyalar musobaqasi) musobaqalari.

Ko'proq yangiliklar: