12:00 / 19.05.2017
88425

O‘zbekistonliklar tunda osmonda noma'lum jismni ko‘rishdi

19 mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi kishilar osmonda noma'lum jism uchib o‘tganini ko‘rgani haqida yoza boshladi. Facebook va Twitter’dagi sahifalarda shu vaqtda olingan suratlar tarqaldi.

Toshkentliklar taxminan soat tungi 00:30 atrofida osmonda noma'lum uchar jism ko‘rishgan. Tarmoqqa joylangan videolarda guvohlar «Bu samolyot va mushakbozlik emasligi aniqligi, bu meteorit ekani» haqida aytishgan.

Bunday holat Samarqandda ham kuzatilgan.

Ba'zilar bu osmonda yorqin iz qoldirib o‘tgan jism raketa ekanini taxmin qilishgan. Ammo ko‘pchilik raketa gorizontal tarzda uchmasligini ta'kidlab, bu asteroid yoki meteorit ekaniga ishonch bildirgan.

Hozircha bu qanday jism bo‘lgani haqida rasmiy ma'lumot yo‘q.

 

Mavzuga oid
Top