Saudiya Arabistoniga yaqin 10 yillikda sotiladigan AQSh qurol-aslahasining umumiy qiymati 350 mlrd dollargacha yetishi mumkin, deb jurnalistlarga xabar berdi Oq uy vakili Sara Sanders.
Sandersning aytishicha, AQSh prezident Donald Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Ar-Riyodda o‘tgan marosimda bir qator hujjatlar imzolandi. Hujjat hamkorlik haqidagi qo‘shma bayonot hamda 9 ta shartnoma va ofertni o‘z ichiga oladi. Ar-Riyodga sotiladigan AQSh quroli va harbiy xizmatlarining qiymati 110 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Sandersning ta'kidlashicha, Ar-Riyod yaqin 10 yilda AQShdan 350 mlrd dollarlik qurol sotib olishi mumkin.