11:37 / 20.05.2017
5765

Assanjning onasi Avstraliya bosh vaziriga bayonot bilan chiqdi

Foto: Reuters

WikiLeaks bosh muharriri Julian Assanjning onasi Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbullni o‘g‘liga yordam berishga chaqirdi.

Bu haqda ABC Radio Brisbane xabar bergan.

«Men Malkolm Ternbullni aralashish, o‘zini bosh vazir sifatida tutish va mamlakat fuqarosini himoya qilishga chaqiraman», - deya ma'lum qildi Assanjning onasi.

U shuningdek o‘g‘liga yangi pasport berishga ham chaqirgan, bu «uning sayohat qila olishi uchun kerak» ekan.

19 may kuni Shvetsiya prokuraturasi Assanjga nisbatan zo‘rlash bo‘yicha ayblovlar bilan bog‘liq ish doirasida tergov to‘xtatilganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Julian Assanj 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashaydi.

 

Mavzuga oid
Top