20:16 / 20.05.2017
13368

Boku-2017: O‘zbekiston sportchilari qo‘lga kiritgan medallar soni 60 taga yetdi 

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»da qatnashayotgan O‘zbekiston sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan umumiy medallar soni roppa-rosa 60 taga yetdi. Shulardan 15 tasi oltin medallardir.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik sportchilar hisobida 15 ta kumush hamda 30 ta bronza medali ham bor. O‘zbekiston jamoasi umumiy hisobda Ozarboyjon, Turkiya va Erondan so‘ng 4-o‘rinni egallab turibdi. 

Top