Braziliya futbol konfederatsiyasi Argentina (9 iyun) va Avstraliya (13 iyun) terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini e`lon qildi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite tarkibga 24 nafar futbolchini taklif qildi. E`tiborli tomoni «Barselona» hujumchisi Neymar tarkibdan joy olmagan.

Darvozabonlar: Diyego Alves («Valensiya», Ispaniya), Ueverton («Atletiko Paranaense», Braziliya), Ederson («Benfika», Portugaliya);

Himoyachilar: David Luiz («Chelsi», Angliya), Karlos Jil («Shangdun Lunen», Xitoy), Jyemerson («Monako», Fransiya), Rodrigo Kayo («San-Paulu», Braziliya), Tiago Silva («PSJ», Fransiya), Aleks Sandro («Yuventus», Italiya), Fagner («Korintians»), Filipe Luis («Atletiko», Ispaniya), Rafinya («Bavariya», Germaniya);

Yarimhimoyachilar: Fernandino («Manchester Siti», Angliya), Juliano («Zenit», Rossiya), Lukas Lima («Santos», Braziliya), Paulino («Guanchjou Evergrand», Xitoy), Filippe Koutino («Liverpul», Angliya), Renato Augusto («Beyjing Guoan», Xitoy), Rodrigino Kosta («Korintians», Braziliya), Villian («Chelsi», Angliya);

Hujumchilar: Diyego Souza («Sport Resifi», Braziliya), Duglas Kosta («Bavariya», Germaniya), Gabriel Jyezus («Manchester Siti», Angliya), Tayson («Shaxter», Ukraina).