12:41 / 20.05.2017
25699

Deyarli 8 mln! Toshkentda eng ko‘p qoida buzgan haydovchi ma'lum bo‘ldi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxt yo‘llarida eng ko‘p qoidabuzarliklar qilgan avtomashinalar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘ringa “Spark” rusumli, davlat raqam belgisi 01 M 114 YA bo‘lgan avtomashina haydovchisi lozim topilib, ushbu avtomashina haydovchisi jami 20 marotaba qoidabuzarliklar, ya'ni, 14 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 6 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunishni xohlamagan holda, jarimalar miqdorini 7.788.300 so‘mga yetkazdi.

Ikkinchi o‘ringa “Spark” rusumli, davlat raqam belgisi 01 T 885 TA bo‘lgan avtomashina haydovchisi “sazovor” bo‘ldi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 21 marotaba ya'ni, 15 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 6 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni sodir etib, jarima miqdorini 7.039.425 so‘mga yetkazdi.

Uchinchi o‘rinda “Lasetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 X 180 YA bo‘lgan avtomashina haydovchisi bormoqda. U jami 14 marotaba qoidabuzarliklar, jumladan, 13 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 1 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmagan holda harakatlangani uchun, jarima miqdori 5.242.125 so‘mni tashkil etadi.

To‘rtinchi o‘rinni “Matiz” rusumli, davlat raqam belgisi 01 W 320 UA bo‘lgan avtomashina haydovchisi band etgan holda, jami 13 marotaba qoidabuzarliklar sodir etgan, ya'ni, 3 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 10 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmagan. Jarima miqdori 3.444.825 so‘mni tashkil etadi.

Beshinchi o‘rinni «Neksiya» rusumli, davlat raqam belgisi 01 643 TTS bo‘lgan transport vositasi haydovchisi egallab, u o‘z boshqaruvidagi avtomashinada 13 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzishga “qaror” etdi. Ushbu qoidabuzarliklarning 4 tasi belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 9 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish holatlaridir. Tabiiyki, qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori ham kam emas albatta. 3.295.050 so‘m!

Yakunlovchi oltinchi o‘ringa «Neksiya» rusumli, davlat raqam belgisi 01 410 GBA bo‘lgan avtomashina haydovchisi «ma'qul ko‘rildi». U qoidabuzarliklari tufayli 11 marta tezlikni belgilangan me'yordan oshirgani uchun kuzatuv kameralari nigohiga tushgani uchun 1.647.525 so‘m miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

 

Mavzuga oid
Top