15:15 / 20.05.2017
9374

Eronning amaldagi prezidenti Ruhoniy ikkinchi muddatga saylandi

Foto: 1TVNewsAF

Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy saylovlar yakunlariga ko‘ra ikkinchi muddatga qayta saylandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mamlakat davlat televideniyesi uni g‘alaba bilan tabrikladi. Biroq saylovchilar ovozi hamon hisob-kitob qilinayotgani aytilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Ruhoniy 22,7 mln. ovozni olgan bo‘lsa, uning eng yaqin raqobatchisi – Eron sobiq bosh prokurori Ibrohim Raisiy – 15,4 mln. ovoz to‘pladi.

2013 yilda Ruhoniy 50,68 foiz ovoz to‘plagan. O‘shanda u saylovlarning birinchi turidayoq kerakli ovozni olib, g‘alaba qozongandi.

Eron oliy diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Ruhoniyni birinchi prezidentlik muddatidagi alohida xatti-harakatlari uchun tanqid qilgan, biroq aynan Ruhoniy jahon davlatlari bilan yadro bitimiga erishdi.

Top