22:48 / 20.05.2017
13173

Xitoy o‘ta yengil yangi jangovar vertolyotni namoyish qildi

Xitoyning AVIC konserni quruqlikdagi qo‘shinlarni havodan qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan yangi Z-19Ye jangovar vertolyotini yaratdi. Bu vertolyotni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan. 

Z-19’ning eksport modeli bir qator o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega. Vertolyotning o‘z og‘irligi bor-yo‘g‘i 4250 kg ni tashkil qiladi, shu sababli u real jangovar vaziyatda turli manyovrlarni bajarishga qodir. Mashinaning yengilligi uning jangovar qudratiga aslo ta'sir qilmagan, bundan tashqari, u oddiy Z-19’dan xavfsizroq va shovqinsizroqdir.

Z-19E yot jismlarni parraklarga tortishning oldini oluvchi maxsus tizim bilan jihozlangan. Bu esa vertolyotga minimal balandlikda uchishga va istalgan joyga qo‘nishga imkon beradi. 

Vertolyot "havo-yer" va "havo-havo" raketalari bilan jihozlanishi mumkin. Shu tariqa, Z-19E vertolyotining asosiy vazifasi dushmanning quruqlikdagi va havodagi texnikasini yo‘q qilishdan iborat. Jangovar mashina istalgan ob-havo sharoitida parvozlarni amalga oshira oladi va quruqlikdagi qo‘shinlarga havodan qo‘mak ko‘rsatishi, tank, BTR hamda yerdagi istehkomlarni yo‘q qila olishi mumkin.

Top