16:25 / 20.05.2017
5635

Qirg‘iziston parlamentida rus tilini ingliz tiliga almashtirish taklif etilmoqda

Qirg‘izistonda bir necha yildan so‘ng ikkinchi tilga rus emas, balki ingliz tili aylanadi. Ko‘proq e'tiborni ingliz tilini o‘rganishga qaratish lozim. Bu haqda deputat Azamat Arapboyev ma'lum qildi.

«Hukumat ingliz tilini maktab dasturiga birinchi sinfdan kiritish masalasini ko‘rib chiqishi lozim, buning uchun esa o‘qituvchilar sonini ko‘paytirish lozim. Bu yo‘nalishda OTMlarda grant joylari sonini oshirish kerak», - deya aytib o‘tdi deputat.

Parlamentariyning bildirishicha, bu holda Qirg‘iziston 6-7 yildan so‘ng ingliz tilida gaplashadigan davlatlar orasiga bemalol kirishi mumkin.

«Agarda o‘smirlar ingliz tilini birinchi sinfdan boshlab o‘rganishni boshlaganida, qariyb 750 ming fuqarolarimiz Rossiyada emas, balki Yevropada ishlardi», - deya ta'kidlab o‘tdi Arapboyev.

Regnum axborot agentligining eslatishicha, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarolarining 76,5 foizi qirg‘iz tilida erkin gaplasha olsa, 48,1 foizi – rus, 1,1 foizi esa – ingliz tilida bemalol muloqotga kirishi mumkin. Shu bilan birga, bu davlatdagi maktablarning 64 foizi qirg‘iz tilidadir.

Top