23:07 / 20.05.2017
59078

Olimlar O‘zbekiston osmonida ko‘ringan noma'lum obekt haqida ma'lumot berishdi

19 mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston osmonida sirli obekt ko‘ringani haqida ma'lumot berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa aks etgan surat va videolar keng tarqaldi. 

Foydalanuvchilar turli versiyalarni bildirishdi - kimdir kometa, yana kimdir - raketa, ba'zilar esa uchar likobcha deya taxmin qilishdi. 

Olimlar sirli obektga doir barcha dalillarni o‘rganib, "bu oddiy kosmik chiqindi" degan qarorga kelishdi. Ular obektning harakat tezligini hisoblab, shunday xulosaga kelishgan. Ma'lum bo‘lishicha, obekt juda sekin harakatlangan.

Noma'lum obekt yer atmosferasiga tushgach yonib ketgan bolid yoki meteor bo‘lishi mumkin. 

Top