00:12 / 20.05.2017
15452

«Real» yana bir yulduz darvozabonga ko‘z tikmoqda

«Real» rahbariyati yozgi transferlar vaqtida darvozabon sotib olish uchun jiddiy bel bog‘lagan.

Madridliklarning ikki asosiy transfer maqsadi «MYu» darvozaboni David De Xea  va «Chelsi» posboni Tibo Kurtua bo‘lib turibdi.

Agar «Real» mana shu «Atletiko»ning ikki sobiq darvozabonlaridan birini sotib olishni uddalay olmasa, «Atletiko»ning hozirgi posboni Yan Oblakni jamoaga taklif etishni reja qilgan.

Ammo sloveniyalik darvozabonning shartnomasida tovon puli 100 million yevro deb ko‘rsatilgan va «Atletiko» bu narxni, ayniqsa prinsipial raqib uchun pasaytirmoqchi emas.

Top